O‘tgan tunda Tehron osmonidan dahshatli fojea yuz berdi: Eron poytaxtidan soat 05:42da osmonga ko‘tarilgan Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti bir necha daqiqadan so‘ng aloqaga chiqmay qolgan. Biroz o‘tib OAVlarda samolyot portlashi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, samolyoti bortida bo‘lgan 170ga nafar yo‘lovchilar va 9 nafar ekipaj a’zolarining barchasi qurbon bo‘lgan. Yo‘lovchilarning aksariyati Eron fuqarolari bo‘lishgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afg‘oniston fuqarolari ham bo‘lishgan.
Ayni damda samolyotning barcha “qora qutilari” topilgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, Boeing 737 samolyoti dvigatelining yonib ketishi halokat sababi bo‘lgan.
Ushbu vaziyat munosabati bilan Ummonda oilasi bilan dam olayotgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy darhol Ukrainaga qaytib kelgan.