Moskva viloyatida sodir bo‘lgan yong‘inda 8 kishi qurbon bo‘ldi

Moskva viloyatidagi issiqxonada sodir bo‘lgan yong‘inda 8 nafar Tojikiston fuqarolari qurbon bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi.
Sputnik

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Bugun tongda Moskva viloyati, Ramensk tumanidagi issiqxonada kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, unda qurbonlar soni 8 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Nesterovo qishlog‘i hududida joylashgan issiqxonada yong‘in tong soat 5da boshlangan. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelganda yong‘in maydoni 240 gektarni egallagan bo‘lgan. 

Ayni damda ma’lum bo‘lishicha yong‘in ichda qolgan bir necha yog‘och uychalarda (bitovka) yashayotgan Tojikiston fuqarolaridan 8 nafari qurbon bo‘lgan. Bir kishi jarohat olgan. 

Tergovchi-kriminalistlar yong‘in kelib chiqish sabablarini o‘rganishmoqda.