Turkmaniston yetakchisi Yangi yil bazmida di-jeylik qildi - video

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Yangi yil bazmida di-jeylik qildi va bir qator kompozitsiyalarni ijro etdi.
Sputnik

Turkmaniston yetakchisi bazmda di-jeylik apparaturasi ortida turib, qo‘shiqchilarga jo‘r bo‘lib turdi. 

Bundan avval Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sirkda chiqish qilgandi. U oq rangli otda manej bo‘ylab bir necha marotaba aylangan.