TOShKENT, 5 yanv – Sputnik. Keniyadagi Lamu okrugida joylashgan AQSh harbiy bazasiga “Ash-Shabab” radakal guruhi jangarilari hujum qildi.
Bu haqda Daily Nation mahalliy hokimiyat vakillariga asosan xabar qildi.
Yakshanba kuni erta tongda “Ash-Shabab” guruhi jangarilari Manda-Maxogoni harbiy bazasiga hujum qildi.
Keniya qurolli kuchlri samolyoti bu hujumga qarshi “bir nechta bomba”lar bilan javob berdi.
Ta’kidlanishicha, bundan avval “Ash-Shabab” jangarilari Xindi aholi punktiga yetib kelishdi va hujum qilishdan oldin hududni elektr ta’minotidan uzishdi.