Eronlik generalning o‘ldirilishi AQShning zaifligini ko‘rsatmoqda

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Mudofaa vaziri Amir Xotamiy Eron Islomiy inqilobiy qo‘riqchilar korpusining “Quds” maxsus kuchlari qismi boshlig‘i, general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishidan keyin qasos olish va "og‘ir zarbalarni" va’da qildi.
Sputnik

AQSh Davlat departamenti kuchayib borayotgan keskinlik tufayli Amerika fuqarolarini Iroqni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Ushbu voqea munosabati bilan Isroil Mudofaa vaziri maxsus xizmatlar va armiya rahbarlari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, Brent markali neft narxlari esa ko‘tarilib ketdi, deb yozadi RIA Novosti.

Tramp Erondagi 52 ta nishonga zarba berish bilan tahdid qildi

Mutaxassislar Eron-Amerika munosabatlarida keskinliklik yana bir avj olishini qayd etishmoqda, ammo ular bu voqea ikki mamlakat o‘rtasida urushga sabab bo‘lmaydi degan fikrga moyil.

Eronlik generalni o‘ldirgan raketa hujumini tasdiqlovchi Pentagon bayonotida aynan bu hujumga sabab ishora qilingan: "Sulaymoniy bu hafta Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga qilingan hujumni ma’qulladi. "

Yil boshi AQShning Bag‘doddagi elchixonasi oldida norozilik namoyishi va uning asosiy darvozasiga bostirib kirishga urinish bilan boshlandi. Namoyishchilar Iroq shia ko‘ngillilar qo‘mondonining murojaatidan keyin chekinishdi. Aytgancha, ko‘ngillilar boshlig‘ining o‘rinbosari ham Sulaymoniy bilan birga o‘ldirildi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida Iroqda Erondan norozilik mavzusi bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Shu qatorda, Eronning Kerbela shahridagi Eronning konsulligiga o‘t qo‘yishga urinishgan.

Toshkent va Vashington Pompeoning O‘zbekistonga tashrifini boshqa sanaga qoldirdi

Ushbu voqealarni bir-biriga bog‘lamaslikka urinish juda qiyin.

So‘nggi yillarda Iroq Eron-AQSh qarama-qarshiligidagi asosiy "jang maydoni"ga aylandi. Tehron Saddam Xusaynning siyosiy tizimi vayron bo‘lganidan keyin, suvereniteti zaiflashgan Bog‘dodga nisbatan ta’sirni Vashingtondan faol va muvaffaqiyatli tortib olmoqda. Agar biz Pentagonning AQSh elchixonasidagi voqealarga Eronparast kuchlarni jalb qilinganlikda ayblash fikrida oz bo‘lsa ham haqli deb hisoblasak, bu simmetrik javobga o‘xshaydi: amerikaliklar Eronga qarshi nutqlarni va Kerbeladagi konsullikka hujumni ilhomlantirdilar - eronliklar bu vositaga boshqalardan kamroqmas ega ekanliklarini ko‘rsatdilar.

Biroq, Sulaymoniyning o‘ldirilishi Vashington tomonidan siyosiy dovlarni keskin ravishda oshirdi va Amerikaning mintaqadagi (va umuman olganda sayyorada) hukmronligini shartsiz ta’kidlanishiga urinish sifatida baholanmoqda. Darhaqiqat, Eron rasmiylarining ritorikasining qat’iyligiga qaramay, Tehron bunday chaqiriqqa simmetrik tarzda javob qaytarishini tasavvur qilish qiyin.

Ramzan Qodirov general Sulaymoniyning o‘ldirilishiga munosabat bildirdi

So‘nggi yillarda amerikaliklarning chet elliklarga nisbatan xatti-harakatlarining eksterritoriallik tamoyillari bo‘yicha sezilarli darajada faollashishi kuzatildi. Har doim ham bu jismoniy yo‘q qilish masalasi emas. Masalan, Rossiya uchun o‘zining fuqarolarining hibsga olinishi va ularning AQShga uchinchi davlatlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilishi maqsadida ekstraditsiya qilinishi eng muhimdir. Ayniqsa, ko‘pincha ushbu rolda rossiyalik dasturchilar ishtirok etmoqda.

Amerikaliklar tomonidan terrorchilarga qarshi qudratli harakatlar ham muntazam ravishda amalga oshirilmoqda: oktabr oyida maxsus operatsiya natijasida ular IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyni yo‘q qilishdi.

Ammo Qosim Sulaymoniy terrorchi emas edi. U yuqori martabali davlat arbobi va BMTga a’zo bo‘lgan davlatning qonuniy hukumatining vakili bo‘lgan. Ushbu suiqasd bilan amerikaliklar xalqaro siyosatning qizil chiziqlaridan birini kesib o‘tishdi. Rossiya TIV ta’kidlaganidek, "dunyo yangi voqelikka duch kelmoqda".

Ammo Qo‘shma Shtatlar qotillikdan istalgan samarani olishiga juda jiddiy shubha mavjud.

Eron oliy yetakchisi general Sulaymoniy o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi

Gap shundaki, oldingi tarixiy davrda aniq bir shaxslarni ta’qib qilish amerikaliklar uchun ikkinchi darajali xususiyatga ega bo‘lgan, eng asosiysi - dunyoni o‘zlari xohlaganicha boshqarish edi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari istagan joylariga bostirib kirishar edi, butun boshli mamlakatlarni bombardimon va vayron qilardi, ular uchun noqulay siyosiy tizimlarni va nomaqbul hukmdorlarni yo‘q qilar edi. Bunday sharoitda alohida shaxslarning ta’qib qilinishi, xususan ular giyohvandlik kartellari boshliqlari, terrorchilar yoki siyosiy muxoliflar bo‘lishsin, Vashingtonning total qodirligini aks ettirgan.

Ammo, endi vaziyat tubdan o‘zgardi. Geosiyosiy jihatdan AQSh ko‘z o‘ngida zaiflashmoqda. Ular o‘zlarining oldingi harbiy sarguzashtlarida (Afg‘oniston, Iroq) umidsizlikka duch kelishdi va hatto ochiqdan-ochiq tahdidga duch kelganda ham (KXDR kabi) yangilariga kirishga jur’at qilishmayabdilar. Amerikaliklar Yaqin Sharqdagi siyosiy pozitsiyalarini muttasil yo‘qotmoqda. Ular Rossiya, Turkiya va Eronning ortida qolib ketmoqdalar. Vashington Suriyadagi Moskvaga va yoki Iroqdagi Tehronga qarshi to‘laqonli chaqiruv tashlashga qodir emas.

Eronda general Sulaymoniy o‘limidan so‘ng minglab kishilar mitingga chiqdi - video

AQShning o‘z paytida ulkan harbiy salohiyati endi faqatgina nomaqbul shaxsni yo‘q qilish uchun maqsadli maxsus operatsiya o‘tkazish imkoniyatigacha pasaydi.

Ammo Sulaymoniyni o‘ldirilishi Yaqin Sharqda keskin o‘zgarishlarga olib keladimi? Albatta yo‘q, bunday hol amerikaliklar uchun salbiy natijalarga, xususan, deyarli barcha poytaxtlarda, shu jumladan Tehron va Bag‘dodda ularning muxoliflarini  kuchayishiga olib keladi.

Donald Tramp uchun Eron generalini yo‘q qilish bo‘yicha harakat, Amerika ichidagi targ‘ibot uchun yaxshi imkoniyat yaratadi, bu yaqinlashib kelayotgan saylovlar fonida juda muhimdir.

Ammo butun dunyo uchun bu Vashingtonning haqiqiy kuchini yo‘qotishi va kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash zarurligidan dalolat beradi, chunki superdavlat maqomidan voz kechishni istamaydigan amerikaliklardan dunyoda qabul qilingan siyosiy o‘yin qoidalariga rioya qilishlarini kutish uchun hech qanday sabab yo‘q.