Eron general Sulaymoniyning o‘ldirilishi yuzasidan BMTga murojaat qildi

Tehron AQShning Iroqdagi operatsiyasi paytida Islomiy inqilobni qo‘riqlash korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘limi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi.
Sputnik

Anton Bistrov. Tehron AQShning Iroqdagi operatsiyasi paytida Islomiy inqilobni qo‘riqlash korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘limi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashiga murojaat qildi, dedi Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Abbos Musaviy.

Eronlik generalning o‘ldirilishi AQShning zaifligini ko‘rsatmoqda

"Tashqi ishlar vazirligi allaqachon siyosiy, huquqiy va xalqaro choralarni ko‘rmoqda, shu jumladan BMT va Xavfsizlik Kengashi darajasida", - dedi u.

3 yanvarga o‘tar kechasi AQSh Bag‘dod xalqaro aeroporti hududida Vashingtonda 2019-yil 31-dekabr kuni AQSh elchixonasiga hujum uyushtirishda ishtirok etgan deb hisoblangan Sulaymoniy va Iroq shialari ko‘ngillilari rahbarining o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandisga qarshi xarbiy amaliyot o‘tkazdi.

Eronning Oliy Rahbari Ali Xomanaiy Sulaymonining o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp, agar amerikaliklarga qarshi  hujum qilinsa, Eronning 52 ta nishoniga "tez va kuchli zarba" yetkazishga va’da berdi.

Dunyo hamjamiyati AQSh va Eronni ehtiyotkorlikka chorladi.