Parkentda “Kumushkon” turizm qishlog‘i tashkil etiladi

Turizm qishlog‘i “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga asosan tashkil etilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Kumushkon” turizm qishlog‘i tashkil etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Turizm qishlog‘i  “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga asosan tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonning o‘zini "Oltin halqa"si paydo bo‘ladi

Qaror bilan “Oltin halqa” turizm konsepsiyasi hamda “Kumushkon” turizm qishlog‘ini tashkil etish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

“Oltin halqa” turizm konsepsiyasining asosiy vazifalaridan biri hududdagi turistik maskanlarda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali aholi va tadbirkorlarning daromadini oshirishdan iborat”,  - deyiladi hujjat matnida.

Ayni damda qaror bilan Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlan. Unga ko‘ra 45 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 1523 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.