Moskvada patent narxi oshdi

2020 yilda Moskvada mehnat migrantlarining ishlashiga huquq beruvchi patent 7 foizga qimmatlashdi. Endilikda patent uchun oyiga 5350 rubl to‘lash lozim bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Moskvada patent narxi oshdi.

Florinskaya: patent narxi qimmatlashuvi nolegal migrantlar sonini ko‘paytiradi

2020 yilda Moskvada mehnat migrantlarining qonuniy ishlashi uchun huquq beruvchi patent 7 foizga qimmatlashdi. Patent narxi 2018-yilda 4500 rubl, 2019-yilda 5000 rubl bo‘lgan. Endilikda patentning oylik to‘lovi 5350 rublni tashkil qiladi.

Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari 2015-yildan buyon Moskvada ishlash uchun patent oladi.

Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamentining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019-yilda chet ellik ishchilarga patent berishdan tushgan budjet daromadi 18 mlrd rublni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada 1-yanvardan patent narxi oshishi haqida xabar bergan edik.