Chinozda qo‘lbola portlovchi modda maktab o‘quvchisining o‘limiga sabab bo‘ldi

Chinozda uch yigit temir quvurga oltingugurt va magma aralashmasini solib yoqishgan. Yoqish vaqtida temir quvur 8-sinf maktab o‘quvchisiga borib tekkan.
Sputnik

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 8-sinf o‘quvchisi qo‘lbola portlovchi modda qurboni bo‘ldi.

Toshkent viloyatida 18 yoshli yigit paqildoqdan jiddiy jarohat oldi

IIB huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2020-yil 01-yanvar kuni taxminan soat 16:30 larda fuqarolar 20 yoshli X.E., S.A. va B.M.lar Sarbozor ko‘chasida 60 sm uzunlikdagi temir quvur ichiga qo‘lbola usulda magma va oltingugurt aralashmasini joylashtirishgan. Keyin uni yoqishgan vaqtlarida u 8-sinf maktab o‘quvchisi S.G‘.ga borib tekkan. Uning oqibatida tan jarohati olgan S.G‘. tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ammo unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 2501–moddasi 3-qismi “v” bandi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.