Britaniya jurnali Qrimni Rossiyaniki deb atadi

Bu Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasini g‘azablantirgan. Elchixona mualliflardan maqolani tuzatib qo‘yishni talab qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Britaniyaning “Good Housekeeping” jurnali maqolalarining birida Qrimni Rossiya hududi deb atadi. Bunga Ukrainaning  Buyuk Britaniyadagi elchixonasi munosabat bildirdi.

Nashr Qrimni 2020-yildagi eng ommabop turistik yo‘nalishlarga kiritgan. Maqolada yarim orolga endilikda Qrim mosti bo‘ylab o‘tuvchi poyezd bilan borish mumkinligi haqida so‘z yuritilgan.

Amerikalik sobiq diplomat AQShni Qrim Rossiyaniki deb tan olishga chaqirdi

Elchixona jurnalni o‘quvchilarni chalg‘itmaslikka chorlagan va Qrim – bu Ukraina deb ma’lum qilgan.

Avvalroq Ukraina TIV Kerch bo‘g‘ozi orqali temir yo‘li qismi ochilishini tanqid qilib, Rossiya xalqaro huquq meyorlarini buzlanligini iddao qilgan edi.

Bir oy ilgari Kiyev Qozog‘iston prezidenti Kasim Jomart Tokayev tomonidan Qrimning hududiy mansubligi xususida aytilgan so‘zlariga javoban demarsh (namoyishkorona diplomatik harakat)ni amalga oshirishga va’da bergan edi. Bunga Tokayevning Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shilishini anneksiya deb hisoblamasligi sabab bo‘lgan.