TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti - Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev bugun, 2-yanvar kuni, o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Poytaxt yetakchisi bugun 45 yoshni qarshi oldi.
Shu bilan birga, tavallud ayyom - ish vazifalarini ortga surish uchun bahona bo‘la olmaydi, hokimlik vakillari so‘zlariga ko‘ra, Jahongir Artikxodjayev kuni kecha ham xuddi bugun kabi ish faoliyatini amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda taniqli ishbilarmon bo‘lgan Jahongir Artikxodjayev 2018-yilning aprel oyida poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan edi. O‘sha vaqtdan e’tiboran hokimlik faoliyati tubdan o‘zgardi. O‘zbekistonda kechayotgan bugungi jadal islohotlar jarayonida Toshkentning yirik megapolisga aylanishida Jahongir Artikxodjayevning rahbarlik ta’sirini ijobiy ta’kidlash lozim.