Futbol yulduzi Odil Ahmedovning akasi deputatlikka saylandi

Bugungacha qator filmlardagi katta-kichik rollari bilan o‘zini aktor sifatida namoyon etib kelayotgan Yoqub Ahmedov xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatligiga saylangan.
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Xitoyning “Shanxay SPIG” klubi a’zosi Odil Ahmedovning akasi Yoqub Ahmedov deputatlikka saylandi.

Bugungacha qator filmlardagi katta-kichik rollari bilan o‘zini aktor sifatida namoyon etib kelayotgan Yoqub Ahmedov xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatligiga saylangan.

Bu haqida shuningdek, rasman, shahar hokimligi gazetasining 2019-yil 27-dekabrdagi sonida yoritilgan shahar saylov komissiyasining “Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qilingan.

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan deputatlikka ko‘rsatilgan Yoqub Ahmedov xalq noibligi yo‘lida "Adolat", Xalq demokratik partiyasi, Ekologik partiya, Liberal demokratik partiya a’zolari bilan raqobatlashgan.

Ammo  22-dekabr kuni Namangan shahridagi 21-Marg‘ilon saylov okrugida bo‘lib o‘tgan saylovda ko‘pchilik saylovchilar “Milliy tiklanish” partiyasi faoli, bir qancha MChJlar ta’sischisi bo‘lgan Yoqub Ahmedovga ishonch bildirgan.