Dronlar shousi takroran o‘tkazilmoqda - joyi ma’lum bo‘ldi

Kelgusida esa ularning sonini 1000 taga yetkazish, mamlakat bo‘ylab ishlab chiqarish  boshqa davlatlarga eksport qilish rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. Bugun, 2 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yonidagi maydonda dronlar shousi o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Hindistonda ulkan burgut haykali dron yordamida tasvirga olindi

 Ta’kidlanishicha. shou soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi. Ushbu shou tomoshabinlar qiziqishi inobatga olingan holda, ikkinchi marotaba uyushtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "DAVERGEODEZKADSTR" qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ilk dronlar shousi 2019-yilning 31-dekabr kuni, Toshkent Sitida bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur shou davomida Toshkent osmoniga 250 dan ortiq uchar qurilmalar uchirilib, davlat ramzlari, bayram ruhiyati va kayfiyatini beruvchi manzaralar ko‘rinishida harakatlantirildi.

Qayd etilishicha, ushbu dronlar “DAVERGEODEZKADSTR” qo‘mitasi tomonidan 2019-yil dekabr oyida 300 olib kelingan. Kelgusida esa ularning sonini 1000 taga yetkazish, mamlakat bo‘ylab ishlab chiqarish  boshqa davlatlarga eksport qilish rejalashtirilmoqda.