WADA ta’qiqlangan moddalar ro‘yxatini yangiladi

Shu bilan birga, Butunjahon antidoping agentligi, ilgari doping deb hisoblangan argon inert gazini ro‘yxatdan chiqargan.
Sputnik

TOShKENT, 1 yanv – Sputnik. 2020 yil 1-yanvardan Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan yangilangan ta’qiqlangan moddalar ro‘yxati amal qila boshladi.

Ushbu ro‘yxatdan oktodrin (1,5-dimetilgeksilamin) va levometadon moddalari o‘rin olgan. Bundan tashqari idora tabiiy va sintetik ko‘rinishdagi kannabinoidlar iste’moliga qo‘yilgan ta’qiqni aniqlashtirgan.

Shu bilan birga, ilgari doping deb hisoblangan argon inert gazi ro‘yxatdan chiqarilgan.