Rim papasi Yangi yil tantanasida ayol kishiga qo‘l ko‘tardi

​Kadrlarda aks etishicha, ayol to‘siq ortidan Yangi yilni nishonlayotgan odamlar yonidan o‘tib borayotgan pontifikning qo‘lini ushlashga urinadi.
Sputnik

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Rim papasi Fransisk Rimdagi avliyo Potr maydonida dindorlar bilan suhbat chog‘ida ayol kishining qo‘liga urdi. Hodisa videosi CBS News tvitterida e’lon qilingan.

​Kadrlarda aks etishicha, ayol to‘siq ortidan Yangi yilni nishonlayotgan odamlar yonidan o‘tib borayotgan pontifikning qo‘lini ushlashga urinadi.

Rim papasi ayolning bu harakatlariga keskin munosabat bildirib, uning qo‘liga uradi.

Hodisa darhol papa qo‘riqchilari e’tiborini tortib, ular bu hodisaga aralashadilar.