Qo‘qonda O‘zbekistonning ulkan bayrog‘i o‘rnatildi

Bayram tadbiri doirasida tantanali ravishda shahardagi bir qator umumta’lim maktablarining yangilangan sport maydonchalari ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tgan. Ijtimoiy loyihaning tashabbuskori — O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi.
Sputnik

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida O‘zbekistonning ulkan bayrog‘i o‘rnatilgan yangi Mustaqillik Xiyoboni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda 5-mart “Sport kuni” deb e’lon qilinishi mumkin

Tadbir tashkilotchilari Qo‘qon shahar hokimligi, Qo‘qon shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Yoshlar ittifoqining Qo‘qon shahar kengashi.

Bayram tadbiri doirasida tantanali ravishda shahardagi bir qator umumta’lim maktablarining yangilangan sport maydonchalari ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tgan. Ijtimoiy loyihaning tashabbuskori — O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi.

Ochiq sport maydonchasi tashkil etilgan dastlabki o‘quv muassasalaridan biri – 18-sonli o‘rta maktab. Bu yerda 1200 ga yaqin o‘quvchi tahsil oladi, ularning 200 ga yaqini Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridir. 26-maktabda ham bunday sport maydonchasi ochilgan. Ayni paytda 3-sonli maktab hududida yana bir sport maydonchasi qurilish ishlari olib borilmoqda.

Yaqin vaqtda shahardagi yana 10 ta maktab zamonaviy yugurish yo‘laklari, basketbol, voleybol va boshqa turdagi sport maydonchalari bilan jihozlanadi. Bunday maydonlarga qo‘shimcha ravishda, turli xil jismoniy mashqlarni bajarish uchun zamonaviy trenajorlar bilan jihozlangan maydonlar tashkil etiladi.

Ochiq sport maydonchalarini yaratish bo‘yicha ijtimoiy loyiha tashkilotchilarining ta’kidlashlaricha, ushbu tashabbusdan asosiy maqsad — yangi avlod sportchilarini tarbiyalash.