Turkmaniston prezidenti sirkda chiqish qildi - video

Turkmaniston yetakchisi sikrchilarga o‘zi ijrosidagi "Rovach" rep-kompozitsiyasini sovg‘a qilgan. Tadbirda bolalar ham qatnashib prezidentga she’r aytib berishgan
Sputnik

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov sirkda chiqish qildi, deb xabar bermoqda Altyn Asyr telekanali.

Yakshanba kuni, 29-dekabrda Berdimuhamedov xalqaro axaltekin ot-sport majmuasida bo‘ldi va chavandoz-akrobatlar chiqishini shaxsan tomosha qildi, poygachilar va truppaning boshqa ishtirokchilari bilan suhbatlashgan.

Jamoa rahbari Pigi Bayramdurdiyev prezidentga Oq yel laqabli oq tusdagi arg‘umoqda aylanib kelishni taklif etgan. Berdimuxamedov otda manej bo‘ylab bir necha marotaba aylangan.

Uchrashuvda ishtirok etgan va she’r aytgan bolalarga tulporga bag‘ishlangan "Rovach" rep-kompozitsiyasi diski sovg‘a sifatida ulashilgan. Berdimuhamedov nabirasi Kerimsh-li bilan barcha uchun qo‘shiq ijro etgan.