TOShKENT, 30 dek — Sputnik. UzAuto Motors avtomobilni urfga kirgan jilosiz qora rangga bo‘yashni boshladi. Bu avtomobil ixlosmandlari uchun o‘ziga xos yangilik bo‘ladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, avtomobilni jilosiz rangga bo‘yash maxsus bo‘yoq va metodologiya yordamida amalga oshiriladi. Jarayon murakkab bo‘lib, qo‘shimcha ishlovni talab qiladi. Eksklyuziv rangdagi avtomobil sohibi bo‘lishni istaganlar 5 million so‘m qo‘shimcha haq to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
UzAuto Motors avtomobilni qo‘shimcha haq evaziga jilosiz qora rangda bo‘yashni boshladi
© Press-slujba UzAuto Motors
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzAuto Motors avtomobillar uchun yangi GYM (yorqin kulrang) va GUM (to‘q rangli firuza) ranglarni qo‘llay boshlashi xabar qilingan edi.