TIV Aqtobedagi YTHda o‘zbekistonliklar vafot etganini rad etdi

Avvalroq OAVda Aqtobe-Martuk-Orenburg avtomobil trassasidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari vafot etgani va jarohatlangani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsulxonasi yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari vafot etgani va jarohatlangani xabarni rad etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Deportatsiya qilinganlarni vataniga qaytarish uchun mablag‘ yetarli - Mehnat vazirligi

Avvalroq OAVda 2019-yil 29-dekabr kuni Aqtobe-Martuk-Orenburg avtomobil trassasining 31-kilometrida sodir bo‘lgan YTH oqibatida mamlakat fuqarolari vafot etgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Bosh konsulxonaga Qozog‘istonning rasmiy organlari tasdiqlashicha, jarohatlanganlar va vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Aqtobe, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-29-277-71-17 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.