Mayk Pompeo 2020-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 2020-yilda qator davlatlarga safar qilishini ma’lum qildi, ular orasida O‘zbekiston ham bor.
Sputnik

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 2020-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

“Kelayotgan yilda hamkasblarim bilan uchrashish va AQShning Yevropa va Markaziy Osiyo janubidagi ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlash uchun Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Kiprga tashrif buyurishni sabrsizlik bilan bilan kutapman”,  - deya yozgan siyosatchi Twitter᾽da.

Pompeo O‘zbekiston erkinroq bo‘lgani haqida bayonot qildi

Avvalroq Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov Pompeoning mamlakatga tashrifi 2020-yil boshiga rejalashtirilgani ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, Belarus TIV matbuot xizmati Anatoliy Glaz Pompeoning Belarusga tashrifi 2020-yil 4-yanvar kuni amalga oshirilishini xabar qilgan edi.

Mayk Pompeo AQSh davlat kotibi lavozimni 2018-yil aprelidan buyon egallab kelmoqda. Bunga qadar u Markaziy razvedka boshqarmasi (SRU) direktori bo‘lgan.