Dollar kursi uchinchi hafta ham tushdi – valyuta kurslari

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra dollar ketma-ket uch hafta davomida arzonlashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 30-dekabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Ikki hafta davomida arzonlashib kelayotgan dollar bu hafta ham 8,81 so‘mga arzonlashgan. 1 AQSh dollari 9507,56 so‘mni tashkil etmoqda.

Dollar kursi uchinchi hafta ham tushdi – valyuta kurslari

O‘tgan hafta arzonlashgan yevro bu hafta birdaniga 82,47 so‘mga qimmatlashdi. 1 yevro 10 624,70 so‘mni tashkil qilmoqda.

Rubl esa qimmatlashishda davom etmoqda. Bu hafta 0,23 so‘mga qimmatlashdi. 1 rubl 153,17 so‘mni tashkil qilmoqda.