Chimon shaharchasida neft va gaz muzeyi ochildi

Farg‘ona viloyatidagi O‘zbekistonning eng birinchi neft qudug‘i joylashgan joyda, neft va gaz muzeyi ochildi.
Sputnik

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Kecha, 29-dekabr kuni Farg‘ona viloyati Chimon shaharchasida Neft va gaz muzeyi ochildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Muzey O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda "Andijonneft"AJ hamkorligida tashkil etildi. Uning ochilish marosimida "O‘zbekneftgaz"AJ hamda “Andijonneft” AJ boshqaruv rahbariyati, Farg‘ona shahar va tuman hokimligi vakillari, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi xodimlari, mahalla faollari va faxriylari ishtirok etishdi.

Chimon shaharchasida neft va gaz muzeyi ochildi

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston neft va gaz sanoati 120-yillik tarixga ega. Neft va gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish ishlari 1885-yildan boshlangan.

1898 yilda muhandis S.A.Kovalevskiy boshchiligidagi ekspeditsiya guruhi Chimon (Farg‘ona vodiysi) hududida neft konlarini qidirishga kirishgan.1901 yilda Markaziy Osiyodagi ilk neft quduqda burg‘ulash ishlari boshlanib, 1904-yilda 278 metr chuqurlikdagi neft qatlamini ochishga erishilgan.

Quduq 11-yil davomida kuniga 130 tonna neft bergan. Aynan ushbu kon asosida “Chimon” neft jamiyati tuzilgan.