BAA rezidentlari uchun vizasiz rejim joriy etilmoqda

Bu BAA investorlari uchun mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekistonga 30 kun muddatga vizasiz kirishlariga ruxsat etiladi. Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonga 28-dekabr kuni imzo chekdi.

BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgilandi

Ta’kidlanishicha, bu O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, BAA investorlari uchun mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida kiritilmoqda.

Rezident vizasi – bu ushbu mamlakatda hech qanday to‘siqsiz biznes yuritishi uchun xorijlik tadbirkorlarga beriladigan hujjat. U BAAda kompaniya ta’sis yoki investitsiya kiritilgan so‘ng 3-yil muddatgacha beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mart oyida BAA fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgan edi.