TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 29-dekabr kuni “O‘zbekkino” va 10ta milliy telekanallar “O‘tkan kunlar” filmining to‘liq versiyasini bir vaqtda namoyish qilish aksiyasini o‘tkazadi.
Mashhur yozuvchi Abdulla Qodiriyning romani asosida yaratilgan ushbu film namoyishi yozuvchi tug‘ilganining 125-yilligiga bag‘ishlanadi.
“Joriy yilda Prezidentimizning tashabbuslariga ko‘ra, 1969-yilda rejisser Yo‘ldosh A’zamov tomonidan yaartilgan “O‘tkan kunlar” filmining to‘la versiyasi negativ plenkadan qayta tiklanib, raqamli formatga o‘tkazildi va 2019-yil 7-dekabr kuni O‘zbekistonga taqdim etildi”, - deyiladi “O‘zbekkino” xabarida.
Ta’kidlanishicha, asli o‘zbekistonlik Alisher Usmanovning beminnat ko‘magida amalga oshirilgan misli ko‘rilmagan bu tadbir, milliy kinematografiyaning durdona asarlarining raqamli formatga o‘tkazilgan versiyasini Rosiya kinofondidan qaytarib olib kelish milliy loyihasining navbatdagi bosqichi bo‘lgan.
Film namoyishi tong soat 8 da davlat va nodavlat telekanallarda quyidagi tartibda boshlanadi:
1. “O‘zbekiston” telekanali 21.40 (o‘zbek tilida)
2. “Yoshlar” telekanali 10.20 (o‘zbek tilida)
3. “Mahall” telekanali 18.30 (o‘zbek tilida)
4. “Oilaviy” telekanali 13.10 (rus tilida)
5. “Madaniyat va ma‘rifat” telekanali 15.10 (o‘zbek tilida)
6. “Kinoteatr” telekanali 16.40 (o‘zbek tilida) va 20.10 (rus tilida)
7. “Sevimli” TV 10.00
8. “Mening yurtim” TV 22.30
9. “Zo‘r” TV 11.00
10. “Milliy” TV 08.00