Jirinovskiy Rossiya prezidenti vazifalarini “yengillatishni” taklif qildi

Rukovoditel fraksii LDPR Vladimir Jirinovskiy
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Rossiyada vitse-prezident (prezident o‘rinbosari) lavozimini joriy etishni taklif qildi.
Sputnik

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy Rossiyada vitse-prezident (prezident o‘rinbosari) lavozimini joriy etishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF
Jirinovskiy Yelsinni “Rossiya tarixidagi eng mudhish jinoyat”da aybladi

Uning fikriga ko‘ra, bu davlat rahbarining vazifalarini yengillatishga imkon beradi.

“Bugungi kunda mamlakat rahbari zimmasiga katta vazifalar yuklangan, lekin boshqaruv vazifalari prezident, uning o‘rinbosari va bosh vazir o‘rtasida taqsimlangan bo‘lishi mumkin”, - deb hisoblaydi Jirinovskiy.

Qolaversa, siyosatchi Putinning Rossiya Konstitutsiyadan “ketma-ket” prezidentlik lavozimida ishlashi mumkinlik haqidagi bandni olib tashlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.