FHDYo shakllarini to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Ta’kidlanishicha, 12 katakli maxsus kod bilan raqamlanish “FHDOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ma’lumot almashinuvini osonlashtiradi.
Sputnik

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik, o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlari 12 katakli maxsus kod bilan raqamlanadi.  Tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

DXA gerbli guvohnomalarni to‘ldirishga oid savollarga oydinlik kiritdi

Bunda, 1-raqam dalolatnoma yozuvi turi, 2–5-raqamlar FHDYo organi kodi, 6-7-raqamlar dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yil, 8–12-raqamlar dalolatnoma yozuvining tartib raqamini bildiradi.

Qayd etilishicha, 12 katakli maxsus kod bilan raqamlanish “FHDOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ma’lumot almashinuvini osonlashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tug‘ilishni qayd etish guvohnomasini olish tartibi soddalashtirilishi xabar qilingan edi.