Safoyev: “Yangi saylovlar O‘zbekistonni mutlaqo boshqa mamlakatligini ko‘rsatdi”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari yangi saylovlar O‘zbekistonning imidjini yaxshilashga xizmat qildi, deya hisoblaydi.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. “Yangi saylovlar O‘zbekistonda yetmish foizga yangilangan parlamentni vujudga keltirdi”, deydi Sodiq Safoyev, Xalqaro press klubda saylov xulosalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan bugungi navbatdagi sessiyada.

O‘zbekiston TIV rahbari OBSE tavsiyalariga munosabat bildirdi

"O‘ylaymanki, butun xalqimizni 22-dekabrda o‘tkazilgan muhim tadbir bilan tabriklasam bo‘ladi. Muhim siyosiy jihati shu saylovlar o‘tgani va bizdagi chuqur islohotlarning bo‘layotgani, ularning ortga qaytmasligidir. Biz bu gal xalqimizni to‘liq o‘z siyosiy irodasini ifoda etganini guvohi bo‘ldik," – deydi u.

Sodiq Safoyevning xulosasiga ko‘ra, Xalq yangilanayotgan ichki va tashqi siyosatga o‘z bahosini berdi. Ularning saylovlarda ishtirok etib, bo‘layotgan islohotlarni qabul qilayotganini, yarim soatdan kutib nomzodlarni o‘rganib sinchiklab, o‘z qarashlarini bildirishi ularning ushbu saylovlarni tan olganliklarini bildiradi. Qolaversa, bo‘layotgan tanqidlarning o‘zi dahldorlik hissini bildiradi.
Safoyev bu jarayonni islohotlarimizning eng katta yutug‘i sifatida baholadi. Uning fikriga ko‘ra, mamlakatdagi muhit eng muhim o‘zgarishlardir. Bu bo‘lajak saylovlarga yuqori tamoyil standartlarini yaratdi.

Biz o‘z oldimizga yangi reja qo‘ydik. Bu saylovlar dunyodagi yangi qiyofasini shakllantirishga muhim qadam bo‘ldi va o‘zidan o‘zi o‘zbek reytinglarida yuksalishiga sabab bo‘ldi. O‘zbek yangi parlamenti barpo etildi. Yetmish foizi birinchi marta saylanyapti. Mamlakatimiz siyosatini qo‘llaydigan bu odamlar mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shadi deb ishonch bildiramiz, deydi yana u.