Fokker-100 samolyoti Z2100 reysi bo‘yicha Olmaotadan Nur-Sultonga uchayotgan edi. Samolyot bortida 95 yo‘lovchi va ekipajning besh nafar a’zosi bo‘lgan.
Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayangan holda aviahalokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetganligi haqida ma’lumot bermoqda.
Ayni vaqtda 49 nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan, ularning 18 nafari og‘ir ahvolda.