Qozog‘istonlik tadbirkorni 220 mln so‘mga chuv tushirgan fuqaro ushlandi

Fuqaro xorijlik tadbirkorni aldab, 40 bosh qora mollarni Qozog‘istondan o‘zining uyiga olib kelgan. Keyin ularni bozorda sotib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Qozog‘istonlik tadbirkorni 220 mln so‘mga chuv tushirgan fuqaro ushlandi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2019-yil sentabr oyida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro 35 yoshli G.D. chorva mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Qozog‘iston  fuqarosi 44 yoshli N.E. bilan 40 bosh qora mollarini har birini 6,5 mln so‘mdan sotib olishga kelishgan.

Toshkentda turistik politsiya aldangan xorijlikka yordam berdi

Pullarini 10-dekabr kuniga qadar bo‘lib-bo‘lib to‘lab berishga va’da bergan.  Natijada xorijlik tadbirkorni aldab,  40 bosh qora mollarni Qozog‘istondan o‘zining uyiga olib kelgan.  Ushbu qora mollarni bozorda jami 220 mln so‘mga sotib yuborib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fuqaro G.D. jinoyat ishi bo‘yicha ushbu modda bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.