Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtobus Moskvaga yetib bordi

Avtobus deyarli uch yarim ming kilometrli masofani bosib o‘tishga 64 soat vaqt sarflagan. Ushbu yo‘nalish bo‘ylab muntazam avtobus qatnovlari haftasiga ikki marotaba, dushanba va payshanba kunlariga belgilangan.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. “Toshkent” avtovokzalidan Moskvaga yo‘l olgan  avtobus 25-dekabr kuni “Novoyasenevskaya” avtostansiyasiga yetib bordi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.  

Dekabrda Moskva va Sankt-Peterburgga doimiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qayd etilishicha, “Toshkent” avtovokzalidan Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahriga yo‘l olgan “Uzautotrans service” korxonasi avtobusi 25-dekabr kuni kechqurun “Novoyasenevskaya” avtostansiyasiga yetib borgan.

Avtobusning deyarli uch yarim ming kilometrli masofani bosib o‘tishga 64 soat vaqt sarflagani aytilmoqda.   

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab muntazam avtobus qatnovlari haftasiga ikki marotaba, dushanba va payshanba kunlariga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent – Moskva yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar qilgan edik.