Takroriy ovoz berish o‘tkaziladigan saylov okruglari – ro‘yxat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish 2020-yil 5-yanvar – yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi bo‘yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishni o‘tkazish to‘g‘risidagi Markaziy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, 22 ta saylov okrugida bironta nomzod ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini ololmagan hamda 3 ta saylov okrugida saylov natijalarini aniqlash jarayonida arifmetik xatolikka yo‘l qo‘yilgan.

Shunga ko‘ra,  25 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish 2020-yil 5-yanvar – yakshanba kuni o‘tkaziladi.

Takroriy ovoz berish o‘tkaziladigan saylov okruglari – ro‘yxat