Soxta "Yulduz Usmonova" Tojikiston aholisini katta pulga chuv tushirdi

Muxlislar qarshisiga ularning sevimli san’atkori o‘rniga sahnaga uning qiyofadoshi chiqib keladi. Ushbu soxtalik birinchi qo‘shiqdanoq fosh etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek - Sputnik. O‘zini O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova deb tanishtirgan firibgar ayol Tojikistonning Istaravshan shahri aholisini 110 ming somoniy (taxminan 11,5 ming dollar)ga chuv tushirdi.

Yulduz Usmonova Moskvada – eng yorqin foto-suratlar

Bu haqda Sputnik Tojikiston Telegram-kanali xabar bermoqda.

O‘zbek san’ati primadonnasining Tojikistonda ham muxlislari ko‘p, shu bois, konsertga chiptalar bir zumda sotilgan, ammo konsert boshlangach, sahnadagi Yulduz Usmonova emasligi ayon bo‘ladi.

Primadonna o‘rniga uning kloni muxlislar qarshisiga chiqqan edi. Ayol harchand o‘zini xalq artisti qiyofasiga solmasin, birinchi qo‘shig‘idanoq uning soxta "Yulduz Usmonovaligi" ayon bo‘ladi, bu yolg‘onni u hatto ko‘ziga qora ko‘zoynak taqib ham yashira olmadi.

Asl muxlislar darhol uning sirini fosh qilishadi.

Shu bilan birga, konsertga chipta sotib olgan muxlislarni reklama banerlaridagi "dekabr" o‘rniga "dekabIr", "kontrol" (nazorat) cho‘zi o‘rniga "kAntrol" deb yozilgani ham shubhaga solmagan.

Uch yuzta chiptani 350 somoniy (35 dollar)dan sotgan konsert tashkilotchisi voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.

Aldangan muxlislar huquq-tartibot organlariga murojaat qiladilarmi - noma’lum.