TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiyaliklar mamlakat prezidenti Vladimir Putinni yil siyosatchisi deb atashadi. Bu haqda Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) o‘tkazgan so‘rov natijalari dalolat bermoqda.
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etganlarning 46 foizi Putinni yil siyosatchisi deb atashgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri uchun 16 foiz kishi ovoz bergan. Yana 10 foiz kishi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni yil siyosatchisi deb atashgan.
Qayd etilishicha, 39 foiz ishtirokchi javob berishga qiynalgan.
Shu bilan birga, 22 foiz rossiyaliklar Vladimir Putinni Yangi yil dasturxoniga taklif qilgan bo‘lishlarini aytishgan. 12 foiz kishi esa Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisini Vladimir Jirinovskiyni Yangi yil dasturxoniga taklif qilishga tayyor.
So‘rov noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan. Telefon orqali ovoz berishda Rossiyaning 1,6 ming nafar voyaga yetgna fuqarolari ishtirok etgan.