Yunusobod metro yo‘nalishi yil oxiriga qadar foydalanishga topshirilmaydi

Xabarda qayd etilishicha, bu bir qator ommaviy axborot vositalarida xabar qilinganidek joriy yilning 28-dekabrda amalga oshirilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi ikkinchi bosqichi loyihani amalga oshirish jadvali bo‘yicha, qurilish meyorlari va texnik talablarga muvofiq foydalanishga topshirilashini ma’lum qildi.

Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi qurilishida avariya sodir bo‘ldi

Xabarda qayd etilishicha, bu bir qator ommaviy axborot vositalarida xabar qilinganidek joriy yilning 28-dekabrda amalga oshirilmaydi.

Kompaniya obyektda qurilish texnikalari sonining oshirilishini kuchli yog‘ingarchiliklar boshlanmasidan avval quruq kunlarda ishlarni tashkil etishga qaratilgani bilan tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr boshida kompaniya metroning Yunusobod yo‘nalishidagi ikkinchi tunnelda burg‘ilash ishlarini yakunlangani va joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilganini xabar qilgan edi.