Nazarboyev Putin haqidagi ilk taassurotlarini so‘zlab berdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti 20-yil ilgari Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvdagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 20-yil ilgari Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvdagi taassurotlari haqida so‘zlab berdi.

Nazarboyevning so‘zlariga qaraganda, uni Putinning serg‘ayratligi va har qanday chaqiriqqa javob qaytarishga tayyorligi hayron qoldirgan.

Zelenskiy Putin bilan nima sababdan muzokaralar o‘tkazish mushkulligini aytdi

“Vladimir Vladimirovichning Rossiya hukumati rahbari bo‘lganida meni ilk hayratga solgan narsa, - bu yuqori darajadagi bilimdonlik, serg‘ayratlik va eng murakkab masalalarni hal qilishga tayyorlik”, - dedi siyosatchi RIA Novostiga bergan intervyusida.

Nazarboyev o‘shanda unda “o‘sha vaqtlar yosh siyosatchi hayotida hamma narsaga hozirligi, u har qanday chaqiriqqa aniq va ravshan javob qaytara olishi” haqida tasavvur paydo bo‘lganini ta’kidladi.

Sobiq davlat rahbari rossiyaliklarning qiyin paytlarda mamlakatga rahbarlik qilib, Rossiyani yana buyuk davlat qilgan Putin bilan omadi kelganini qo‘shimcha qilgan.