Rossiya Federal bojxona xizmati generali qo‘lga olindi

Rossiya Federal bojxona xizmati boshqarma boshlig‘i, general-leytenant Aleksand Kizlik qo‘lga olindi. Tintuv vaqtida juda ko‘p miqdorda xorijiy valyuta borligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Rossiya Federal bojxona xizmati boshqarma boshlig‘i, general-leytenant Aleksand Kizlik qo‘lga olindi. RIA Novosti xabariga asosan.

FXX generali kontrrazvedka yangi qurol yaratishga qanday yordam berganligini aytdi

Kuni kecha o‘tkazilgan tintuv vaqtida 600 ming yevro, 600 ming dollar, qimmatbaho soatlar, zargarlik buyumlar, oltin yombilar borligi aniqlandi.

Bugun Kizlik va uning o‘rinbosari Aleksey Serebroga mansab vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.

Ularga 10-yil koloniya jazosi berilishi mumkin.

Tergovda ma’lum bo‘lishicha, ular pullarni kontrabadasi bilan shug‘ullangan guruhni noqonuniy ravishda ozod qilishgan.

General barcha ayblovlarni rad etdi. Sud uni 2 oyga hibsga olish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi.