Rossiya Tojikistonga S-300 raketa tizimini taqdim etishi mumkin

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Tojikistonga ikki yildan so‘ng S-300 tizimi berish rejalashtirilgani ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Rossiya Tojikiston mudofaa vazirligiga S-300 zenit raketa tizimini taqdim etishi mumkin, deb aytdi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

Tojikistondagi harbiy bazaga S-300 tizimi joylashtirildi – video

ZRT ikki yildan so‘ng Tojikiston qurolli kuchlariga taqdim etilishi mumkin. Bu tojikistonlik mutaxassislar o‘quv jarayoni yakunlangandan keyin amalga oshirish rejalashtirilgan.

“Bu yil Tojikistondagi 201-chi harbiy bazada S-300 PS zenit raketa divizioni Rossiya qo‘shinlari bilan sinov jangovar navbatchilikka turdi”, - deb qo‘shimcha qildi vazir.

S-300 yirik sanoat va ma’muriy obyektlar, harbiy bazalar va qo‘mondonlik punktlarini dushman havo hujumlaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.

Havodan mudofaa tizimining bu turi ballistik va ayerodinamik nishonlarni yakson qilishi mumkin. S-300 birinchi ko‘p kanalli zenit-raketa tizimi bo‘ldi, har bir kompleks 6 tagacha nishonni kuzatishi va ularga 12 tagacha raketa yo‘naltirishi mumkin.