Putin sevimli ichimligini oshkor qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin agrosanoat majmuasi ishchilariga qanday ichimlikni xush ko‘rishini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Adigeya Respublikasi tashrifi vaqtida sevimli ichimlik retsepti bilan o‘rtoqlashdi.

Lenin jasadi mavzoleydan olib chiqiladimi? – Putin javobi

Agrosanoat kompleksi ishchilari bilan uchrashuv chog‘ida Putindan qanday choy ichishni yaxshi ko‘rishi haqida savol berildi.

Rossiya yetakchisi choy ichmasligini aytdi.

“Choy ichmayman, men qaynatilgan, ustidan qaynoq suv quyilgan Oltoy o‘tlarini ichaman”, - deb javob berdi Putin.

Dushanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Adigeyadagi atirgul etishtirish issiqxonaga tashrif buyurib, ko‘rgazma bilan tanishdi.

Qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida davlat rahbari pishloq, non, sariyog‘ va kolbasa mahsulotlari, sut va baliq mahsulotlari bilan tanishdi.

Keyinchalik prezident agrosanoat majmuasi rahbariyati va ishchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.