TOShKENT, 24 dek - Sputnik. O‘zbekiston poytaxtining asosiy archasi MDH hududidagi eng baland archalar uchligiga kiritildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston telegram kanalida xabar qilindi.
Uning balandligi 36 metrni tashkil etdi.
Reytingning ilk pog‘onalarini Ashxobod (archa balandligi 40 metr) va Yerevandagi (37 metr) archalar egalladi.
Birinchi o‘nlikka Boku (34 metr), Minsk (30 metr), Dushanbe (29 metr), Moskva (27 metr), Bishkek (27), Nur-Sulton (25 metr) va Kishenyovdagi (20 metr) archalar kiritilgan.
Shuningdek, reyting mualliflari MDH mamlakatlari orasida Moskvada o‘rnatilgan archa tabiiy ekanligini qayd etish adolatli bo‘lishini ta’kidlashgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki hafta ilgari Toshkentda mamlakatning asosiy archasi bezatildi. Hozir poytaxt Yangi yil munosib kutish olishga hozirlik ko‘rmoqda.