Atambayev o‘rnidan turib ketdi – advokat GKNB binosidagi sud haqida

Bugun Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasida sobiq prezident Almazbek Atambayev asosiy figurant bo‘lgan jinoiy ish yuzasidan sayyor sud o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev  Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasi (GKNB) binosida bo‘lib o‘tgan sayyor sudni tark etdi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarov ma’lum qildi.

Atambayev yana sarkashlik qilmoqda

Uning so‘zlariga qaraganda, Atambayevni himoya qiluvchilar sudni boshqa joyga ko‘chirish hamda sud majlisini davlat rahbarining ishtirokisiz o‘tkazishni so‘rab iltimosnoma kiritishgan. Chunki Atambayev sudda ishtirok etishni xohlamaydi va savollarga javob berishdan bosh tortmoqda.

“Biz bo‘lgan sharoitlar na sanitar, na insoniy, na yuridik meyorlarga muvofiq kelardi. 12-15 kvadrat metr bo‘lgan xona va unda bo‘lgan 18 kishini tasavvur qiling. Sudya esa bir burchakda. Ammo sud majlis joyini ko‘chirishni ham, majlisni Atambayevsiz o‘tkazishni ham rad etdi. Shundan so‘ng Almazbek Sharshenovich o‘rnidan turib ketdi”, - deya advokat so‘zlaridan keltiradi Sputnik Qirg‘iziston.

Bunga qadar qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha sud majlisi Almazbek Atambayevning betobligi bois bo‘lib o‘tkazilmagan edi. O‘shanda sud prokurorning iltimosnomasiga binoan sayyor sud majlisini o‘tkazishga qaror qilgan edi.