MDH missiyasi O‘zbekistondagi parlament saylovlarini demokratik deb tan oldi

Kak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax
MDH missiyasi kuzatuvchilari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarini demokratik va shaffof deb tan oldi.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. MDH missiyasi kuzatuvchilari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarini demokratik va shaffof deb tan oldi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi, missiya rahbari Sergey Lebedev ma’lum qildi.

Predsedatel ispolnitelnogo komiteta – ispolnitelnogo sekretarya SNG Sergey Lebedev
Sergey Lebedev saylov jarayoni haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

“Missiya saylovlar O‘zbekiston Konstitutsiyasi, respublikadagi amaldagi qonunchilikka muvofiq, demokratik va shaffof o‘tkazildi deb hisoblaydi. Kuzatuvchilar uchun barcha sharoitlar, jumladan, ham saylov okruglari va uchastkalari rahbarlari bilan, ham saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuvlar tashkillashtirilgan edi ”, - dedi Lebedev MSKning Xalqaro matbuot markazidagi anjumanda.

Eslatib o‘tamiz, 22-dekabr kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda saylovchilarning 71,1 foizi ishtirok etdi. Markaziy saylov komissiyasi bugun, 23-dekabr kuni soat 14:00da O‘zbekistonda o‘tkazilgan parlament saylovining dastlabki natijalarini e’lon qilishni rejalashtirmoqda.