Dollar yana tushdi – valyuta kurslari

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra dollar bu hafta ham arzonlashgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 24-dekabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

O‘tgan hafta arzonlashgan dollar bu hafta ham birdaniga 16,03 so‘mga arzonlashgan. 1 AQSh dollari 9516,37 so‘mni tashkil etmoqda.

Dollar yana tushdi – valyuta kurslari

Uzluksiz ko‘tarilib kelayotgan yevro ham 56,85 so‘mga arzonlashgan. 1 yevro 10 542,23 so‘mni tashkil qilmoqda.

Rubl esa qimmatlashishda davom etmoqda. Bu hafta 1,37 so‘mga qimmatlashdi. 1 rubl 152,94 so‘mni tashkil qilmoqda.