Shavkat Mirziyoyev oilasi bilan birgalikda saylovda ovoz berdi – foto

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda parlament saylovlaridan ovoz berdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 dek – Sputnik.  O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tayotgan saylovlarida ovoz berdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva, qizlari Saida va Shahnoza poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 162-saylov uchastkasiga tashrif buyurishdi.

Shavkat Mirziyoyev oilasi bilan birgalikda saylovda ovoz berdi – foto

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda parlament saylovlari boshlandi. Soat 08:00da O‘zbekistonning barcha hududlarida saylov uchastkalari ochildi. Ularning faoliyati soat 20:00ga qadar davom etadi.

Shavkat Mirziyoyev oilasi bilan birgalikda saylovda ovoz berdi – foto

Saylovda 20,5 milliondan ortiq saylovchi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun ovoz berishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev oilasi bilan birgalikda saylovda ovoz berdi – foto

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 10 million 147 ming 772 nafari erkak, 10 million 355 ming 690 nafari ayol; 2 million nafar ilk bor saylovda qatnashib, ovoz berish huquqidan birinchi marta foydalanishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev oilasi bilan birgalikda saylovda ovoz berdi – foto

Saylovlar yangi Saylov kodeksiga binoan o‘tkazilmoqda. Unda ilk bor beshta siyosiy partiya ishtirok etmoqda: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi.