Sergey Lebedev saylov jarayoni haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

MDHdan kuzatuvchilar missiyasi rahbari Sergey Lebedev saylov jarayoni va uchastkalardagi sharoitlar yuzasidan fikrlarini aytdi.
Sputnik

MDHdan O‘zbekistonda 182 nafar kuzatuvchidan iborat missiya ishlamoqda.

Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, hozircha hech qanday huquqbuzarliklar aniqlanmadi, saylovlar eng yuqori darajada tashkillashtirildi.

“Delegatsiyamiz erta tongdan ishga kirishdi. Biz viloyatlar va poytaxtdan ma’lumotlarni olmoqdamiz. Ta’kidlash mumkinki, hammasi aniq, raqobat kurashida bo‘lmoqda. Men dastlab Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida bo‘ldim, bugun Toshkentda kuzatuvni davom ettirmoqdaman. Saylov uchastkalarida dizayni juda yoqdi: fuqarolar nomzodlar tarjimai hollari bilan tanishish, barcha ma’lumotlarni olishlari mumkin”, - dedi Lebedev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada hayotning barcha sohalarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, chunki jamiyat prezident Shavkat Mirziyoyev kursiga ishonadi va ijobiy o‘zgarishlarni kutmoqda, umuman MDH mamlakatlarida, dedi Lebedev.

To‘liq izohni Sputnik O‘zbekiston podkastida tinglang.

Sergey Lebedev saylov jarayoni haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi