Saylovlar o‘tkazildi: soat 13.00 ga qadar 42% dan ziyod kishi ovoz berdi - O‘zbekiston MSK

O‘zbekistonda hozirga qadar saylovchilarning 7 million 971 ming 252 nafari yoki 42,4 foizi ovoz berdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Caylovlar o‘tkazilgan deb tan olindi. Hozirga qadar saylovchilarning  7 million 971 ming 252 nafari yoki 42,4 foizi ovoz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Mamatov, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

“O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 96-moddasiga binoan, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning o‘ttiz uch foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tgan hisoblanadi. Hozirga qadar saylovchilarning  7 million 971 ming 252 nafari yoki 42,4 foizi ovoz berdi. Demak, joriy saylovlar o‘tgan deb hisoblanadi va bu bilan barcha saylov jarayoni ishtirokchilarini, xalqimizni tabriklayman”, - dedi Mamatov.

Saylovlar o‘tkazildi: soat 13.00 ga qadar 42% dan ziyod kishi ovoz berdi - O‘zbekiston MSK

Eslatib o‘tamiz, mahalliy vaqt bilan soat 11-00 ga qadar 24,3 foiz saylovchilar ovoz bergan edi.

MSK ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekiston saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga bu safar 20,5 milliondan ziyod fuqarolar kiritilgan. Shulardan 1,7 million nafari xorijda tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berishi kutilmoqda.saylov o‘tkazish uchun 10 306 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan, shulardan 55 tasi xorijiy mamlakatlarda. Saylovning dastlabki yakunlari dushanba kuni ertalab ma’lum bo‘ladi.