Moskvada o‘zbekistonliklar ovoz bermoqda

Bu yilgi saylovlarda O‘zbekiston fuqarolari uchun ovoz berishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Rossiyada 8 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Uchastkalarda saylov jarayoni Moskva vaqti bilan 8.00 da boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Moskvada o‘zbekistonliklar ovoz bermoqda

Uchastkaga ko‘plab o‘zbekistonliklar oila a’zolari bilan birgalikda tashrif buyurib, o‘z ovozlarini berishmoqda.

Moskvada o‘zbekistonliklar ovoz bermoqda

Deputatlikka nomzodlar haqida ikki tilda ko‘plab ma’lumot tashkil etilgan. Saylov o‘tkazish komissiya a’zolari va kuzatuvchilar fuqarolarga yordam bermoqda.

O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov ham ovoz berdi.

Bu yil Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari uchun ovoz berishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Rossiyada 8 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan, o‘tgan safar atigi 2 ta bo‘lgan edi.

Alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, nogironlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan - alohida nogironlar aravachasi uchun maxsus kirish joylari, bulletenlarni to‘ldirish uchun stollar qulay tarzda qo‘yilgan.