Lavrov AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalariga javob qaytarishga va’da berdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri hech qachon amerikalik siyosatchilar shunday qaror qabul qilishgacha borishlarini o‘ylamaganini ta’kidlagan.
Sputnik

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Rossiya Amerikaning yangi sanksiyalariga javob qaytaradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Sanksiyalarga biz javob qaytaramiz, lekin shunday qilamizki, o‘zimizga zarar yetmasin. Biroq biz aniq javob qaytaramiz. Va albatta, barcha munosabatlarimizni yo‘lga qo‘yishda buni hisobga olamiz”,  - dedi Lavrov Perviy kanalning “Bolshaya igra” ko‘rsatuvi davomida.

Merkel “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar uchun AQShga urush e’lon qildi - Bild

Lavrov hech qachon amerikalik siyosatchilar shunday qaror qabul qilishgacha borishlarini o‘ylamaganini ta’kidlagan.

“Men uchun bu tushunish juda mushkul bo‘lgan vaziyat, chunki aksariyat bu kongress a’zolari, Vakillar palatasi a’zolari, avvalo Demokratik partiya senatorlarini men sirtdan yoki bevosita taniyman”, - deya qayd etgan Rossiya TIV rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mariya Zaxarova ham AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarini tanqid qilgani xabar qilingan edi.