Shavkat Mirziyoyev MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi

Sankt-Peterburgga tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahridagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Sankt-Peterburgga tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.

MDH norasmiy sammitida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston rahbarlari ham ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi

Ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, 2020-yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralardan so‘ng davlat rahbariToshkentga jo‘nab ketdi.