Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiya imperatori bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uchrashdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito bilan uchrashdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiya imperatori bilan uchrashdi

Imperator oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston-Yaponiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim voqea bo‘lgani, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqanini qayd etdi. 

Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiya imperatori bilan uchrashdi

Davlat rahbari Imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, "Reyva" deb nomlangan yangi davrda Yaponiya uyg‘un rivojlanishda davom etishi, mamlakat nufuzi va aholi farovonligi yanada oshishini ta’kidladi.

Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiya imperatori bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva tashrifi sharafiga Yaponiya Imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim tomonidan qabul marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, ular birgalikda suratga tushdilar.