Yunusoboddagi avariya qurbonlari soni oshdi - ro‘yxat

Yunusobod metro yo‘li qurilishida tuproq ostida qolgan oltinchi odam jasadi olib chiqilib, shaxsi aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan favqulodda vaziyat oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Metropoliten o‘pirilishida halok bo‘lgan beshinchi shaxsning jasadi topildi

"Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida kecha va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi:

1. 1989-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek To‘ra o‘g‘li;

2. 1989-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom o‘g‘li;

3. 1999-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botirovich;

4. 1986-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;

5. 1996-yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Raxmatov Ixtiyor Amriddin o‘g‘li.

6. 1981-yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif To‘lqinovichdir.

Hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga barcha zarur moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda”, - deyilgan xabarda.